"Riyo chumolining oyoq izidan ham mayda, ko‘rinmaydigan va bilinmaydigan, ammo eng xavfli, insonni tahlikaga qo‘yuvchi amaldir. Alloh bizning savobga erishish umidida qiladigan ishlarimiz, amallarimiz yoki ibodatlarimizga muhtoj emas. Alloh hech qachon hech kimga ehtiyoj sezmaydigan, beqiyos qudrat va vahdoniyat egasidir. Bizning ezgu amallarimiz esa oxiratda Jannatga kirishimiz uchun dalil-hujjatdir. Uni birovlarga ko‘z-ko‘z qilish, amalimiz bilan maqtanishimiz Yaratganning qahrini keltiradi..."
Bu qaysi holatlarda ko‘rinadi? Riyodan qanday qutulmoq mumkin? Riyoning ixlosdan farqi nimada?..
Hurmatli kitobxon! Bu kabi qator savollarga mazkur qo‘llanmadan javob olishingiz mumkin. Barchangizga mazkur kitobni o‘qib, unga amal qilishingizni tilab qolamiz. Bu kitob xonadoningizni yorituvchi shamchiroq sifatida Sizni saodat yo‘liga yetaklab olib chiqishiga ishonamiz.

