3D-texnologiya va amaliy dizayn: Vintli fiksatorli universal telefon ushlagichi!
Prujinali oddiy ushlagichlar vaqt o'tishi bilan bo'shashib, telefonni tushirib yuborishi mumkin. 3D-printerda mustahkam plastmassadan chop etilgan ushbu kronshteyn esa vintli mexanizmi sababli smartfoningizni maksimal darajada xavfsiz va mahkam qisib beradi.
Qayerda va qanday ishlatish mumkin:
- Shtativ va Tripodlarda: Pastki qismidagi standart 1/4" rezba orqali har qanday foto-shtativ, monopod yoki selfi-tayoqchaga osongina qotiriladi.
- Mobil studiya yig'ishda: Yuqori qismida "xolodnyy bashmak" (Cold Shoe) yeri mavjud — unga qo'shimcha LED-chiroq yoki mikrofon o'rnatish mumkin.
- Musiqiy va video kontent uchun: TikTok, Instagram Reels, YouTube videolari hamda onlayn translyatsiyalarni sifatli olib borish uchun ideal.
Asosiy afzalliklari:
- 3D-bosma va yengil korpus: Chidamli plastmassadan tayyorlangani sababli juda yengil va ixcham, sumkada ortiqcha joy egallamaydi.
- Isonchli vintli mexanizm: Telefon o'lchamiga moslab aniq burab qotiriladi — prujinalarga qaraganda ancha chidamli va uzoq xizmat qiladi.
- Universal moslik: Deyarli barcha zamonaviy smartfon o'lchamlari va g'iloflariga tushadi.
- Qulay fiksatsiya: Telefon korpusini tirnamaydi va sirpanib ketishiga yo'l qo'ymaydi.
Surat va videolaringizni professional darajada va xavfsiz suratga oling!