To‘g‘ri parvarish – shtapel matoning uzoq vaqt chiroyli ko‘rinishda qolishining kalitidir. Quyidagilarga amal qiling:
🔹 Suv harorati:
🌡️ 30–40°C dan oshmasin — iliq suvda yuvish tavsiya etiladi.
Yuvish usuli:
Engil rejimda (delikat) yoki qo‘lda yuvish afzal.
Kuchli aylantirish yoki siqish mumkin emas — mato cho‘zilib ketadi.
Kir yuvish vositasi:
Yumshoq, rangli kiyimlar uchun mo‘ljallangan vositalardan foydalaning.
Quritish:
Soyada, gorizontal yoki iloji boricha osib quritish kerak.
Quyoshda uzoq vaqt qoldirmang — rangini yo‘qotadi.
Dazmol:
Dazmolni engil bug‘ rejimida ishlating.
Juda issiq dazmol ishlatmang – shtapel mato sezgir!
Maslahat: Agar ko‘ylakda yorliq bo‘lsa, u yerda yozilgan ko‘rsatmalarga albatta e’tibor bering!

