Ayollar uchun zamonaviy va qulay uzun ko'ylak tabiiy shtapel matodan tikilgan. Mato yengil, yumshoq va havo o'tkazuvchan bo'lib, issiq kunlarda ham qulaylik yaratadi. Model erkin bichimda tikilganligi sababli kundalik foydalanish, sayr, mehmondorchilik va dam olish uchun mos keladi.
Ko'ylakning bel qismida ingichka bog'ichi mavjud bo'lib, u orqa tomondan bog'lanadi va qomatga chiroyli ko'rinish beradi. Dumaloq yoqa, kalta yeng va uzun fasoni nafis uslub yaratadi. Standart razmer 44–52 gacha mos keladi.

