Polipropilen iplar hayotimizning turli sohalarida masalan paketlar yoki turli hil qutilarni bog'lashda, oziq-ovqat sanoatida, tikish va qadoqlashda, o'simliklarni bog'lashda va hattoki sport ishlarida ham keng foydlaniladi. Bu arqon iplar xavfsiz material bo'lib, inson salomatligi uchun deyarli zararsizdir. Polipropilen iplar deyarli namlikni yutmaydi, bu uni nam xonalarda yoki ochiq havoda ishlatishga yaroqli qiladi. Oson cho’zilmaydi va tez uzulmaydi.

