Yozgi dam olishni yanada qulay va unutilmas qilishni xohlaysizmi? Ushbu shishiriladigan oilaviy basseyn hovlingizni haqiqiy dam olish maskaniga aylantiradi.
Basseyn yuqori sifatli, qalin va mustahkam 3 qatlamli PVX materialdan ishlab chiqarilgan bo'lib, uzoq muddat foydalanish uchun mo'ljallangan. Maxsus havo halqasi tufayli suv to'ldirilishi bilan basseyn avtomatik ravishda tik holatga keladi. Murakkab karkas yoki maxsus asbob-uskunalar talab qilinmaydi.
Bolalar uchun xavfsiz, kattalar uchun qulay. Issiq yoz kunlarida salqinlanish, oilaviy dam olish, do'stlar bilan vaqt o'tkazish va farzandlaringizga quvonch ulashish uchun ajoyib tanlov.
Hovli, dala hovli, bog' yoki yozgi uy uchun ideal yechim. Ishlatilgandan so'ng suvni bo'shatish va basseynni yig'ish ham juda oson. Saqlash va tashish qulay.

