• stol
• insturumentlar uchun stol
Shisha tokchali tibbiy asboblar stoli
Umumiy ta’rif:
Mazkur tibbiy asboblar stoli tibbiyot muassasalarida asbob-uskunalarni qulay va xavfsiz saqlash, tashish hamda foydalanishni yengillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Kompakt va zamonaviy tuzilishga ega bo‘lgan ushbu model klinika, shifoxona, laboratoriya va diagnostika xonalarida foydalanish uchun juda qulay.
Asosiy o‘lchamlari:
- Uzunligi: 60 sm
- Eni: 40 sm
- Balandligi: 75–80 sm
Tuzilishi va ishlatilgan materiallar:
- Karkazi – 25x25 mm o‘lchamdagi metall profildan tayyorlangan.
- Tokchalari (polkasi) – Shaffof oynadan tayyorlangan bo‘lib, har bir tokchaning qalinligi 3 mm ni tashkil etadi. Bu tokchalar gigiyenik, oson tozalanadigan va estetik jihatdan chiroyli ko‘rinishga ega.
- Yuzi – Yuqori sifatli, zanglamaydigan metall list bilan qoplangan.
- Oyoq qismlari – Har bir oyoqda plastmassa nojkalar (tutqichlar) va sirpanishni oldini oluvchi propkalar mavjud bo‘lib, pol yuzasiga zarar yetkazmasdan joyida barqaror turadi.
Qo‘llanilishi:
- Tibbiy asbob-uskunalarni joylashtirish va tashishda.
- Jarrohlik yoki tekshiruv jarayonida kerakli materiallarni yaqin tutib turish uchun.
- Laboratoriya anjomlari, dori vositalari va sarf materiallarini saqlashda.
Afzalliklari:
- Mustahkam va bardoshli konstruksiya
- Oson yuviladigan silliq sirt
- Shaffof oynali tokchalar – ichidagi buyumlarni tez topish imkonini beradi
- Kompakt o‘lchami sababli kichik xonalar uchun ham mos