Shermin Yashar 1982 yilda Germaniya poytaxti Berlin shahrida tug'ilgan. Turkiyaning Sulaymon Demirel nomidagi universiteti turk tili va adabiyoti fakultetini bitirgan. Turkiya poytaxti Anqara shahridagi G'oziy universitetida adabiyotshunoslik sohasida magistraturani tamomlagan. Reklama va media sohasida ko'p yillar davomida matn yozuvchi, reklama muallifi va kreativ direktor lavozimlarida ishlagan.
Shermin Yashar bolalar uchun mo'ljallangan «Bobomning do'koni», «O'zimizniki», «Oh, qanday ham ajoyib mamlakat», «Buvim qaytib keldi», kitoblarini yozib, bolalar adabiyotiga katta hissa qo'shgan.
«Yaxshi qoling» tarixiy oshxonasi», «Marxumlar kolleksioneri», «Kelishda non olib keling», «Savdoyi dala» (2021 yilda Said Foiq nomli mukofotning Hikoya nominatsiyasi sovriniga munosib ko'rilgan) va «Aytma,bilmay qoya qolsinlar» «Tur, o'rningga yot» nomli hikoya kitoblari muallifidir. Shermin Yashar ona tili va ona tilining so'z boyligi ustida olib borgan tadkikotlari natijalarini tildagi tushunchalarni ifodalaydigan loyiha holiga keltirdi va 2022 yilda jahonda yagona bo'lgan birinchi «So'z muzeyi»ni tashkil kildi. Yozuvchi uch nafar farzandning onasidir.
ISBN : 9789910864223
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 256
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : Turkiya
Chop etilgan yili : 2025
Nashriyot : Arxetip
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : Jilosiz
Muallif : Sherman Yashar

