London, 1895-yil. Shayton o‘z takliflariga qarshi tura olmaydigan navbatdagi odamni izlab, shahar bo‘ylab kezib yuribdi. Shu yo‘l bilan u Xudoga har qanday insonni yo‘ldan ozdirish mumkinligini isbotlamoqchi bo‘ladi. Biroq bu safar u munosibroq nomzodni — odamlar axloqiy me’yorlardan voz kechib, pulga sig‘inayotgan bir davrda ham shunchaki kelishuvga rozi bo‘lavermaydigan insonni izlaydi.
Moddiy jihatdan qiynalib kun kechirayotgan yozuvchi Jeffri Tempest o‘z romanini nashr ettirishni orzu qiladi. Yo‘qchilikka yuz tutgan yigit og‘ir ahvoli haqida o‘yga toladi; umidsizlikka tushgan bir paytda esa stol ustida uchta xatga ko‘zi tushadi.

