"Sharq" o‘zi nima? Asosiy dunyo tomonlaridan birimi? Kuzatuvchining nuqtai nazariga bog‘liq qarashmi? Yoki mustamlakachilikka xos chekka hududmi? Buni kim belgilaydi va nima uchun G‘arb tilga olganida "Sharq" atamasi ko‘pincha salbiy tamg‘a vazifasini o‘taydi? Ushbu kitob dadil bir chaqiriqdir. Uning muallifi — Leypsig universiteti nemis adabiyoti professori Dirk Oshmann — muqaddas sanalgan bir tamoyilga, ya’ni tarix va bugungi kunni faqat "g‘olib" nuqtai nazaridan talqin qilish huquqiga qarshi chiqishga jur’at etadi. U Sharqiy va G‘arbiy Germaniya misolida g‘arblik ziyolilarning o‘sha "pushti rangli" dunyoqarashini — ya’ni Sharqni faqat G‘arbga aynan o‘xshash bo‘lganidagina qabul qiladigan qarashni — chilparchin qiladi.

