«Severnaya yel» sun’iy yangi yil archasi — qalin, qor bilan qoplangan va haqiqiy archaga o‘xshash!
Uyingizda haqiqiy qishki ertak muhitini yarating! «Severnaya yel» archasi qalin, hajmli shoxlari, tabiiy shakli va oppoq qor qoplamasi bilan ajralib turadi. Uyingizning eng chiroyli bezagiga aylanib, oilangizga bayramona kayfiyat ulashadi.
Kombinatsiyalangan xvoyalar — litoy (geliy) shoxlar + PVX.
Archaning tashqi qismida haqiqiy archa ignalariga juda o‘xshash litoy shoxchalar joylashgan. Ichki qismida, tanasiga yaqin joyda esa PVX shoxlar bo‘lib, archaga qo‘shimcha qalinlik, hajm va zichlik beradi.
Qor bilan qoplangan shoxlar — haqiqiy qish manzarasi.
Maxsus dekorativ qor qoplamasi archaga xuddi qorli o‘rmondan olib kelingandek chiroyli ko‘rinish beradi. Oppoq qorli uchlari yashil shoxlar bilan uyg‘unlashib, archaga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi.
Qalin va hajmli shoxlar.
Shoxchalari ko‘p bo‘lgani uchun archa qalin va ko‘rkam ko‘rinadi. Hatto o‘yinchoqlarsiz ham juda chiroyli turadi, yangi yil bezaklari bilan esa yanada hashamatli bo‘ladi.
Archamizning haqiqiy rasmlari.
Mahsulot kartochkasidagi rasmlarni diqqat bilan ko‘rib chiqing! Barcha rasmlar o‘zimizning jamoamiz tomonidan olingan va archaning haqiqiy ko‘rinishini ko‘rsatadi. Siz rasmlarda ko‘rib turgan archaning aynan o‘zini olasiz — hech qanday farqsiz.
Girlyanda sovg‘a!
Archa xarid qilganingizda sizga girlyandani bepul sovg‘a qilamiz! Undan uyingizda chiroyli va bayramona muhit yaratish uchun foydalanishingiz mumkin. Bu sovg‘a do‘konimiz tomonidan har bir archa xaridoriga beriladi!
Ko‘p yillar davomida chiroyi va sifatini saqlaydi.
Sifatli litoy shoxchalar mustahkam bo‘lib, qayta-qayta yig‘ib, ajratgandan keyin ham o‘z shaklini yaxshi saqlaydi. Bayramlardan keyin archani osongina yig‘ishtirib, keyingi Yangi yilgacha saqlab qo‘yishingiz mumkin.
Xarid qilishdan oldin bilib qo‘ying!
Archani yig‘ib bo‘lgandan keyin har bir mayda shoxchasini tanasidan uchlariga qarab, har xil tomonga yaxshilab yoyib chiqing. Shunda archa yanada qalin va chiroyli ko‘rinadi. Birinchi marta qutidan chiqarganda dekorativ qor qoplamasidan ozgina to‘kilishi mumkin.
«Severnaya yel» — qalin, qorli shoxlari va tabiiy ko‘rinishi bilan uyingizga haqiqiy yangi yil kayfiyatini olib kiradi!
O‘zingizga mos archani tanlang va «Novogodnyaya lavka» do‘koni bilan bayramona muhit yarating!

