10 yoshli Maksning fikricha, uning maktabi dunyodagi eng zerikarli joy. Hamma narsani taqiqlovchi 777 ta qat'iy qoida, har kuni 8 ta matematika darsi va tuganmas uy vazifalari! Zerikmaslik uchun u doimo turli hazillar o‘ylab topadi. Ammo sirli inspektor uning sinfini mavjud bo‘lmagan maktab lageriga yuborgach, hammasi o‘zgaradi.
Tashlandiq binoda omon qolish, yomon ob-havo bilan kurashish va yovvoyi hayvonlardan qochish davomida Maks hamda sinfdoshi Frida o‘z do‘stlari va o‘qituvchisini bir necha bor qutqarishga majbur bo‘ladilar.
🎢 Qiziqarli va bosh aylantiradigan sarguzashtlarga tayyor bo‘ling!
◆ Sahifalar soni: 224
◆ Muqova turi: Qattiq muqova
◆ Yosh cheklovi: 8–12 yosh
10 yoshli Maks o‘qiydigan maktab dunyodagi eng zerikarli maktab hisoblanadi. Direktorning 777 ta qat'iy qoidasi, cheksiz matematika darslari va ustiga-ustak maktab sobiq qamoqxona binosida joylashgan!
Yaxshiyamki, Zerikishga Qarshi Bo‘lim (ZQB) deb ataladigan sirli tashkilot mavjud. Sirli inspektor Rudi Rumpus Maksga maxsus topshiriq beradi — maktab ichidagi maxfiy xonani topish.
Ammo uni badbo‘y tunnellar, jahldor xo‘jalik mudiri va uning buldogi, suv toshqini hamda yana ko‘plab sinovlar kutmoqda. Sinfdoshlari bilan birgalikda Maks direktor Shnitlixning sirlaridan birini tasodifan ochib yuboradi.
◆ Sahifalar soni: 224
◆ Muqova turi: Qattiq muqova
◆ Yosh cheklovi: 8–12 yosh
Agar maktabing dunyodagi eng zerikarli joy deb o‘ylayotgan bo‘lsang, hali adashyapsan!
Oddiy maktab kuni kutilmaganda haqiqiy detektiv sarguzashtga aylanadi — Maks va Fridaning sinf rahbari miss Penne g‘oyib bo‘ladi. Uni kimdir o‘g‘irlab ketdimi? Matematikadan darslar bekor bo‘ladimi?
Afsuski, yo‘q. Endi darslarni maktabning eng qattiqqo‘l direktori Shnitlixning o‘zi o‘tadi. Maks, Frida va ularning sinfdoshlari o‘qituvchini imkon qadar tez topishlari kerak. Ammo bunga sirli inspektor Rudi Rumpusning qanday aloqasi bor? Savollar ko‘p, javoblar esa juda kam...
Do‘stlar barcha kuchlarini birlashtirib, unutilmas sarguzashtlar girdobiga sho‘ng‘iydilar.
◆ Sahifalar soni: 224
◆ Muqova turi: Qattiq muqova
◆ Yosh cheklovi: 8–12 yosh

