Men qurgan eng chiroyli orzularim buzib tashlandi. Ustiga ustak hech kutilmagan insonlar tarafidan. Men esa bu vaziyatda sukut saqladim. Qo‘rqoqligimdan emas, ranjiganimdan. Baʼzan insonning eng ko‘p gapirishi kerak bo‘lgan narsalarning o‘riniga uning jimjitligi sahnaga chiqadi. Men ham jim bo‘lib, o‘z spektaklimni tomosha qildim.
Reytinglarda rekordni qayd qilgan bu spektaklda bosh rolni yolg‘izligim va puchga chiqqan hayollarim o‘ynadi. Men esa shunchaki tomosha qildim. Eng go‘zal hislarimni bunga arzimaydigan insonlar uchun isrof qildim.
Sevishdan ham muhimroq narsalar bordir.
His ettirish, iforidan bahra olib, oʻpish kabi....Ba'zan sevilishdan ko'ra ko'proq sevgan insoningizning borligini his etishni istaysiz.
Borligini his eta olmagan insoningizni seva olmaysiz. Ayollar sevilganini eshitishdan ko'proq buni his etishni istaydilar.
Sevgan insonining sevgisini his etgan ayoldan goʻzalroq ayol yoʻqdir dunyoda.
Sevgan ayoliga sevgisini his ettiradigan erkakning ishqiga toʻyib boʻlmaydi.
Men bu kitobda ozimni senga his ettirish uchun yozdim.
Men sevganim sari buni his ettirdim,. sen his etganing sari uzoqlashding.
Vaholangki, sen qalbimning goʻzal holati eding...
Va osha kuni shunday ketdingki, men oʻzimni his etmay qo'ydim...Va shu qalb bilan seni sevishda davom etdim. Borligini his etaolmagan insoningizni seva olmaysiz...
Siz borligini his etmaganinsonnii sevolmaysiz."

