Lu Klark avtobus bekatidan uyigacha necha qadam masofa borligini aniq biladi. U kafedagi ishini yaxshi ko‘rishini, ammo yigiti Patrikni, ehtimol, sevmasligini anglaydi. Biroq Lu yaqin orada ishidan ayrilishini yoki boshiga tushadigan sinovlarni yengib o‘tish uchun bor kuch-quvvatini ishga solishga to‘g‘ri kelishini bilmaydi.
Uill Treynor uni urib yuborgan mototsiklchi uning yashashga bo‘lgan xohishini tortib olganini biladi. U hammasiga chek qo‘yish uchun nima qilishi kerakligidan yaxshi xabardor. Ammo u Lu uning hayotiga rang-baranglik olib kirib, shiddat bilan kirib kelishidan bexabar. Ularning ikkisi ham bir-birining hayotini abadiy o‘zgartirib yuborishlarini hali bilishmaydi.

