Muqova: yumshoq
Yozuv: kirill
Yil: 2021
Ushbu risolada Imom Аʼzamning shogirdi Аbdulloh ibn Muborakning tijorat bilan bogʼliq faoliyatib halolligi, taqvosi va oʼgitlari yoritib berilgan. Risolani oʼqigan har bir kitobxon Аbdulloh timsolida savdo-sotiq ishlarida rostgoʼy va diyonatli bir kishining siymosi bilan yuzlashadi hamda oʼziga tegishli xulosa chiqaradi degan umiddamiz.
Risolada quyidagi jihatlarga jiddiy eʼtibor qaratilgan:
Savdoda halol boʼlmoq;
oʼz vaqtida sotilgan molni qaytarib berish yoki qaytarib olishni bilish;
birovning molini zoʼravonlik bilan tortib olish;
agar molga xarom aralashgan boʼlsa, uning chorasini koʼrish;
savdoda yolgʼon qasam ichishdan ehtiyot boʼlish kerak;
nimani sotish joyizu, nimani sotish xarom ekanini bilmoq lozim;
ribo(sudxoʼrlik)dan saqlanish lozim;
tarozidan urib qolishdan ehtiyot boʼlish;
"najsh" qilmaslik - tovar(mahsulot)ning bahosini sunʼiy koʼtarish









