Satin Hands® Shi yog‘i bilan boyitilgan qo‘llar uchun oziqlantiruvchi krem (hidsiz)
Qo‘llaringiz terisini erkalang! Satin Hands® Shi yog‘i bilan boyitilgan qo‘llar uchun oziqlantiruvchi krem (hidsiz) qo‘l terisini 24 soat davomida samarali namlaydi va oziqlantiradi.
Krem tarkibidagi shi yog‘i qo‘llarda tez erib, quruqlik hissini darhol yo‘qotadi hamda terini mayin va silliq qiladi.
Krem tarkibiga o‘rik ekstrakti, maxsar yog‘i va kungaboqar yog‘i kiradi. Ular A va E vitaminlari, shuningdek Omega-3 va Omega-6 ga boy bo‘lib, terining tabiiy namlik darajasini saqlashga yordam beradi.
Hatto qo‘llarni yuvgandan keyin ham teri yumshoq va namlangan holda qoladi.
Satin Hands® qo‘llar uchun oziqlantiruvchi krem qo‘l terisini ipakdek silliq qiladi, quruqlikni bartaraf etishga va terining yoshroq ko‘rinishiga yordam beradi. Muntazam qo‘llanganda tirnoqlar va kutikulani zarur parvarish bilan ta'minlaydi. Tez so‘riladi, yopishqoq hissiyot qoldirmaydi. Qo‘l terisining tabiiy himoyasini qo‘llab-quvvatlab, uni yanada tarang qiladi.
Iste'molchilar ishtirokidagi sinovlarda 10 nafar ayoldan 9 nafari kremni qo‘llagandan so‘ng qo‘l terisi darhol oziqlangan, yumshoq, silliq va namlanganini ta'kidlagan.
*Ma'lumotlar bir hafta davomida mahsulotni kuniga bir marta ishlatgan 56 nafar ayol ishtirokidagi mustaqil iste'molchi sinovlari natijalariga asoslangan.

