1932-yil 17-dekabrda Farg'ona viloyatining Katta Tagob
qishlog'ida tug'ilgan. 1949-yilda Qo'qon pedagogika bilim yurtini,
1955-yil Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O'zbekiston Milliy
universiteti)ni tamomlagan. Ish faoliyatini Farg'ona viloyati
tumanlaridagi maktablarda o'qituvchilikdan boshlab, keyinchalik
ilmiy boʻlim mudiri, maktab direktori boʻlib ishlagan. 1958-yilda o'z
jurnalistik faoliyatini boshlagan ijodkor 300 dan ortiq felyetonlarini
e'lon qilgan. Qator nashriyot va jurnallarda faoliyat koʻrsatgan.
1958-yilda badiiy ijodga kirib kelgan X. To'xtaboyevning
"Omonboy va Davronboy", "Sariq devni minib", "Sariq devning
o'limi", "Qasoskorning oltin boshi", "Yo'llar va yillar", "Shirin
qovunlar mamlakati yoki sehrgarlar jangi", "Quyonlar saltanati" va
boshqa asarlarini bugun kitobxonlarimiz sevib o'qimoqdalar.
Sevimli bolalar yozuvchisi 1982-yilda O'zbekistonda xizmat
koʻrsatgan madaniyat xodimi, 1989-yili O'zbekiston Davlat
mukofotining sovrindori, 1991-yilda O'zbekiston xalq yozuvchisi
unvonlari bilan taqdirlangan.
Asarlari rus, ingliz, fransuz, nemis tillariga tarjima qilinib,
dunyoning 28 ta mamlakatida nashr etilgan.

