Ushbu professional sartarosh teleshkasi saloningiz uchun ishonchli va qulay yordamchi hisoblanadi. Mustahkam temir (metal) usti issiqqa chidamli bo‘lib, dazmol, fen yoki boshqa issiq asboblarni qo‘ysangiz ham erimaydi va zarar ko‘rmaydi.
Keng va tekis yuzasi barcha kerakli jihozlarni qulay joylashtirish imkonini beradi, yon tomonidagi ushlagichlari esa asboblarni tartibli saqlashga yordam beradi. Pastki qismidagi 360° aylanuvchi g‘ildiraklar teleshkani oson harakatlantirishni ta’minlaydi.
Sifatli material va zamonaviy dizayn uyg‘unligi tufayli bu teleshka nafaqat qulaylik, balki saloningizga chiroyli ko‘rinish ham beradi.

