Sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari uchun mo‘ljallangan zamonaviy, sifatli va ko‘p funksiyali aravacha. Mustahkam konstruksiyasi, keng va qulay tortmalari hamda zamonaviy dizayni bilan ish jarayonini yanada osonlashtiradi. Aravachaning yuqori qismida fen, taroq, qaychi, soch bo‘yog‘i va boshqa kerakli jihozlarni joylashtirish uchun maxsus bo‘limlar mavjud.
Eng katta afzalliklaridan biri — yuqori qismidagi issiqqa chidamli maxsus idishi. U soch tekislagich kabi qizigan jihozlarni qo‘yish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, issiqlik ta’sirida erib ketmasligi uchun ishlangan.
Ko‘p qavatli tortmalari barcha sartaroshlik asboblarini tartibli saqlashga yordam beradi. G‘ildiraklari orqali salon ichida bemalol harakatlantirish mumkin. Ixcham tuzilishi tufayli ko‘p joy egallamaydi va har qanday salon interyeriga chiroyli mos tushadi.
O‘lchamlari:
Professional sartaroshlar, barberlar va go‘zallik salonlari uchun qulaylik, tartib va zamonaviy ko‘rinishni birlashtirgan ajoyib tanlov!

