• Betlar soni: 304
Siz o‘qituvchi bo‘lishingiz mumkin, balki shifokor yoki tikuvchidirsiz. Bir ko‘nikma borki, uni hayotimizning deyarli barchi sohalarida qo‘llash mumkin. Uning nomi marketing! Shunchaki o‘z faoliyatinigizni namoyish qilish orqali ko‘proq mijozlarga ega bo‘lishingiz, o‘zingizni tanitishingiz mumkin. Kulol o‘zi yasagan ko‘zalarining suratini ijtimoiy tarmoqlarga yuklaydi, uni ko‘rgan insonlarda sotib olish istagi paydo bo‘ladi. Bu marketing! Klinika ko‘rsatgan xizmatidan so‘ng mamnun bo‘lgan mijozlardan shifoxona haqidagi iliq fikrlarini tasvirga olishi va namoyish qilishi – bu marketing! Lekin, qanday qilib samarali og‘zaki marketing ya’ni xaridorlarning siz haqingizda tinmay gapirishiga majbur qilish mumkin? Sizning mahsulotingiz yoki sizdagi servisni qanday qilib “mahallada duv-duv gap” bo’lishiga erishish mumkin? Bularning barchasi haqida Endi Sernovisning “Sarafan marketing” kitobida batafsil bilib olishingiz mumkin.


