Tun saroyi oliy hukmdori Feyraning singlisi Nesta hayotning asosi bo‘lgan qadimiy buloqqa cho‘mganidan so‘ng, o‘ziga tushunarsiz va o‘zi nazorat qila olmaydigan kuchga ega bo‘ladi. U bu ne’matdan qanday foydalanishni bilmaydi, ammo dono qarindoshlari uni to‘g‘ri yo‘lga solib, o‘tmishdagi janglarda butunlay yo‘q qilingan valkiriyalarning qadimiy jang san’atini o‘rganish uchun Shamol uyiga yuboradilar.
Bu orada odamlar malikasi Briallina o‘limga bo‘ysunmaydigan mavjudot Kosfey bilan ittifoq tuzadi. U Dahshatlar xazinasidagi uchta sehrli artefaktdan biri bo‘lgan Tojni qo‘lga kiritadi va endi har qanday odamni o‘z xohishiga bo‘ysundira oladi. Unga qarshi kurashish uchun yana ikkita qadimiy artefakt - fazoni yengib o‘ta oladigan va vaqtni to‘xtata oladigan Arfa hamda o‘liklarni tiriltira oladigan Maskani topish kerak.
Kuch-qudratga ega va jang san’atini o‘zlashtirgan Nesta bu vazifani bajarishga tayyor...

