SAPER ADRAS BUXORO bezakli qog‘oz salfetkalar
ADRAS BUXORO dizayni an’anaviy o‘zbek naqshlaridan ilhomlangan. Qizil, feruza va oq ranglarning uyg‘unligi ifodali geometrik naqsh hosil qilib, dasturxon bezagini to‘ldiradi.
Salfetkalar kundalik dasturxon bezagi, oilaviy tushlik yoki kechki ovqat, mehmon kutish, tug‘ilgan kun va bayram dasturxoni uchun mos keladi. Ulardan uyda, kafe, restoran, mehmonxona va turli tadbirlarda foydalanish mumkin.
Salfetkalar 100% sellulozadan tayyorlangan va ikki qavatli tuzilishga ega. Har bir salfetkaning ochiq holdagi o‘lchami 33×33 sm, buklangan holdagi o‘lchami esa 16,5×16,5 sm. Bir qadoqda 15 dona salfetka mavjud.
Xususiyatlari:
SAPER by Ubrand — O‘zbekistonda o‘z ishlab chiqarishimizda tayyorlangan bezakli qog‘oz salfetkalar. ADRAS kolleksiyasi o‘zbek naqshlari va mamlakatning madaniy merosidan ilhomlangan dizaynlarni birlashtiradi.

