«Saodat asri qissalari» — mashhur turk adibi va tarixchi olim Ahmad Lutfiy Qozonchining islom tarixidagi eng muhim davrlarga bag‘ishlangan tarixiy-badiiy asarlar turkumidir. Asarda Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺning tug‘ilishlaridan vafotlariga qadar bo‘lgan muborak hayotlari hamda Saodat asridagi muhim voqealar izchil hikoya qilinadi. Muallif tarixiy voqealarni ishonchli manbalar, hadisi sharif va siyrat kitoblariga tayangan holda o‘ziga xos badiiy uslubda bayon qiladi.

