Bu qismda Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺning muborak hayotlari tug‘ilishlaridan boshlab, risolat davri, mashaqqatli da’vat yillari, hijrat, g‘azotlar, sahobalar bilan bo‘lgan munosabatlari va vafotlari ketma-ket tarixiy manbalar asosida yoritiladi. Muallif voqealarni sahih hadislar, siyrat kitoblari va tarixiy rivoyatlarga tayangan holda badiiy tarzda tasvirlaydi. O‘quvchi go‘yo o‘sha davrga tushib qolgandek bo‘ladi.
Bu jild to‘rt buyuk roshid xalifa — Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumning hayotiga bag‘ishlangan. Ularning Islomni yoyishdagi xizmatlari, adolatli boshqaruvlari, komil insoniy fazilatlari real tarixiy manbalar asosida keng yoritiladi.
Ushbu qism o‘quvchini sahobalarning jonkuyarligi, sabr-toqati, taqvosi va buyuk jasorati bilan ham tanishtiradi.
📌 Bu ikki jild — saodat davrini qalbda jonlantiruvchi noyob asar hisoblanadi.
Sahifalar soni: 968 bet
Bichimi: 21×26 sm
Muqova: Qattiq
Alifbo: Kirill
Sahifalar soni: 976 bet
Bichimi: 21×26 sm
Muqova: Qattiq
Alifbo: Kirill

