D. Karabayeva muallifligidagi «Sanashni o‘rganamiz va raqamlarni yozamiz» matematika daftari bolalarning boshlang‘ich matematik bilimlarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan. Daftarda sonlarni tanish, sanash, raqamlarni to‘g‘ri yozish va oddiy matematik amallarni bajarishga yordam beruvchi mashqlar jamlangan. Topshiriqlar bolalarning mantiqiy fikrlashini, diqqatini va matematik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari, boshlang‘ich sinflar va maxsus ta’lim muassasalari uchun mos keladi.

