• Barcha Type-C portga ega qurilmalar uchun mos tushadi
• "Очень быстрая зарядка" qo'llab quvvatlaydi
• 45W quvvatli Samsung zaryadkalari
Samsung kompaniyasining yuqori sifatli va ishonchli zaryadlovchi qurilmasi — smartfoningizni qisqa vaqt ichida energiya bilan to‘ldirish uchun ideal yechim.
Ushbu adapter Type-C ulagichi orqali 45W quvvat bilan tez va samarali zaryadlashni ta’minlaydi. Qurilma Fast Charging va Power Delivery 3.0 texnologiyalari yordamida optimal chiqish quvvatini nazorat qiladi va USB Type-C dan Type-C zaryadlash kabeli (to‘plamga kiradi) bilan birga keladi.
Zaryadlash jarayonida o‘rnatilgan ilg‘or chiplar yordamida qurilma qizib ketish, qisqa tutashuv va haddan tashqari kuchlanish kabi holatlardan samarali himoyalanadi.

