Slim Standing Cover g‘ilofi bilan Galaxy Z Fold4 ning innovatsion shakl omili nafis tarzda o‘ralgan va yumshoq, yupqa profil bilan himoyalangan. Teri g‘ilof shunday ishlab chiqilganki, u o‘rnatilganda telefonning chetlarini o‘rab oladi, old va orqa qismlarini himoya qiladi, shu bilan birga qurilmaning nafis shaklini saqlab qoladi. Yuqori sifatli buzoq terisidan tayyorlangan Slim Standing Cover g‘ilofi ham teginishda, ham estetik jihatdan hunarmandchilik san’ati asaridir. Har kuni nihoyatda yumshoq yuzadan rohatlaning va qurilmangizni qulaylik bilan saqlang. Shunchaki o‘z ishimizni bajaramiz. Galaxy Z Fold4 uchun barcha g‘iloflar endi UL-sertifikatlangan qayta ishlangan materiallardan tayyorlanadi, bu esa iste’mol chiqindilarini muhim qiymatga aylantiradi, chiqindilarni kamaytiradi, samaradorlikni oshiradi va qimmatli resurslarimizni tejaydi.

