Galaxy A18 smartfonidan ko‘proq foydalaning. Yangilangan LPDDR5 tezkor xotirasi bilan Galaxy A18 RAM Plus funksiyasini taklif etadi, bu esa bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarish uchun ko‘proq imkoniyat beradi. Video tomosha qiling, o‘yin o‘ynang yoki ijtimoiy tarmoqlarda o‘tiring – smartfon bir maromda ishlaydi.2
Galaxy A18 bilan yorqin va tiniq suratlar oling. Orqa paneldagi 50 MP asosiy kamera, 5 MP ultrakeng burchakli kamera va 2 MP makro kamera kundalik lahzalarni surat va videoga olish hamda ularni ijtimoiy tarmoqlarda ulashish imkonini beradi.3
Galaxy A18 bilan har bir kadrga ko‘proq tafsilotlarni sig‘diring. 5 MP ultrakeng burchakli kamera kundalik lahzalarning ko‘proq qismini kadrga olish imkonini beradi. Manzaral yoki do‘stlaringiz bilan rasmga tushing va butun manzarani kadrga joylang.4
Galaxy A18 bilan kuningizni xotirjam boshlang. IP64 himoyasi smartfonni kir va suv sachrashidan himoya qiladi. Mustahkam korpus esa uning ko‘rinishini yangidek saqlaydi, old paneldagi Corning® Gorilla® Glass 3 esa chidamlilik va tirnalishga qarshi himoyani ta’minlaydi.5
Yangilanishlardan ortda qolmang va himoyada bo‘ling. Galaxy A18 6 tagacha asosiy OT yangilanishi va 6 yilgacha xavfsizlik yangilanishlarini oladi. Shu sababli smartfoningiz uzoq yillar davomida dolzarb va himoyalangan bo‘lib qoladi.6
Galaxy A18’dagi EAL5+ sertifikatiga ega Knox Vault shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qiladi. Maxfiy ma’lumotlar saqlangan suratlarni shaxsiy albomlarga joylang va ularga xavfsiz kiring.7

