Qalinligi atigi 8,0 mm bo‘lgan yupqa korpusli Galaxy A08 bilan mobil imkoniyatlarning yangi darajasini kashf eting. To‘q ko‘k, kumush va yashil ranglardan birini tanlang.¹
Galaxy A08 bilan har kuningizdan yanada ko‘proq imkoniyat oling. Takomillashtirilgan LPDDR5X xotirasi va RAM Plus funksiyasi ko‘p vazifali foydalanish uchun qo‘shimcha joy taqdim etadi. Video tomosha qiling, o‘yin o‘ynang yoki ijtimoiy tarmoqlar o‘rtasida almashing — smartfon barqaror ishlashda davom etadi.²
6000 mA·soat sig‘imli batareya (odatdagi qiymat) tufayli Galaxy A08’dan uzoq vaqt foydalanishingiz mumkin. Kontent tomosha qiling, ijtimoiy tarmoqlardan foydalaning va o‘yin o‘ynang — tez-tez quvvatlash haqida tashvishlanmang.³
Galaxy A08’dagi 50 MP Pro-Grade kamera yorqin ranglar va mayda detallarni aniq aks ettiradi. Tasvirlarni qayta ishlashning ilg‘or protsessori turli sharoitlarda yorug‘lik va soyalarni muvozanatlashtirib, aniq natijalarni ta’minlaydi. Aniq fokus va professional darajadagi detallar bilan yorqin suratlar oling.⁴
Galaxy A08 bilan kuningizni ishonch bilan boshlang. IP64 himoya darajasi tufayli smartfon chang va suv sachrashidan himoyalangan, mustahkam ramka esa Galaxy A08’ning chiroyli ko‘rinishini saqlashga yordam beradi.⁵
Doimo yangiliklardan xabardor bo‘ling va himoyalangan holda foydalaning. Galaxy A08 6 tagacha yirik OS yangilanishini va 6 yilgacha xavfsizlik yangilanishlarini oladi. Shu sababli smartfoningiz uzoq yillar davomida zamonaviy va ishonchli bo‘lib qoladi.⁶
EAL5+ standarti bo‘yicha sertifikatlangan Knox Vault tizimi Galaxy A08’dagi shaxsiy ma’lumotlaringizni ishonchli himoya qiladi. Maxfiy ma’lumotlarga ega suratlarni himoyalangan albomlarda saqlang va ularga xavfsiz tarzda kiring.⁷
Google’ning “Aylantirib belgilang va toping” funksiyasi ekrandagi istalgan ma’lumotni qidirish va AI sharhlari yordamida kerakli ma’lumotlarni tezroq olish imkonini beradi. Barmog‘ingiz bilan obyektni, jumladan rasm, video yoki matnni shunchaki belgilang va darhol natijalarni oling.⁸

