Motor chang filtri changyutgich motorini mayda chang va chiqindilardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Filtrni muntazam almashtirib turish changyutgichning barqaror ishlashini ta’minlaydi, tortish quvvatini saqlaydi va qurilmaning xizmat muddatini uzaytiradi.
Mahsulot sifatli filtrlovchi materialdan tayyorlangan bo‘lib, mayda chang zarralarini samarali ushlab qoladi. O‘rnatilishi juda oson va qo‘shimcha asbob-uskunalarni talab qilmaydi.
Samsung, Avalon, Shivaki hamda boshqa mos modellarga mos keladi. Xarid qilishdan oldin eski filtr o‘lchami bilan solishtirish tavsiya etiladi.

