• Islom ilmlari va hadisshunoslikka qiziquvchilar uchun muhim manba.
• Hadislarning ishonchliligi va sanad silsilasi haqida qimmatli ma’lumot beradi.
Imom Buxoriy merosining gultoji hisoblangan shoh asar — “Al-Jome’ as-Sahih” (“Ishonchli hadislar to‘plami”)ni o‘rganish, ilmiy tadqiq etish va keng jamoatchilikka yetkazishga alohida e’tibor qaratildi.
2008-yilda shayx Abdulaziz Mansur tahriri ostida “Sahihul Buxoriy”ning o‘zbek tilidagi tarjimasi nashr etildi. Shuningdek, shayx Abdussalom Muborakfuriy tomonidan Imom Buxoriy hamda uning “Al-Jome’ as-Sahih” asari haqida batafsil ma’lumot berilgan.




