Oshxonada vaqtni tejashni va qiynalmasdan ovqat qilishni xohlaysizmi? Unda bu ajoyib sabzavot tozalagich to'plami aynan siz uchun! To'plamda ikki xil pichoq bor: biri yonlama artgich, ikkinchisi esa tikka pichoq shaklida. Har qanday kartoshka, sabzi, olma yoki bodring po'stlog'ini bir pasda, yupqa qilib shilib tashlaydi. Pichoqlarning tig'i juda o'tkir bo'lib, zanglamas po'latdan yasalganShu sababli zanglamaydi va uzoq vaqt o'tmaslashib qolmaydi. Dastagi qo'lga juda qulay o'tiradi va ishlatganda sirg'alib ketmaydi. Bu oshxona to'plami bilan salat tayyorlash yoki sabzavotlarni artish nihoyatda oson va tez bitadigan ishga aylanadi. Uy bekalari va taom tayyorlashda tezlikni xush ko'radiganlar uchun haqiqiy yordamchi! Chaqqon, qulay va baquvvat to'plamni oshxonangizga albatta qo'shib qo'ying, aslo pushaymon bo'lmaysiz.

