SABR kvarts qo‘l soati — vaqtni qadrlovchilar uchun yaratilgan nafis va zamonaviy aksessuar. Soat ishonchli kvarts mexanizm bilan jihozlangan bo‘lib, vaqtni aniq ko‘rsatadi va uzoq muddat xizmat qiladi.
Yumshoq va mustahkam silikon remishok qo‘lda qulay o‘tiradi, kundalik foydalanishda noqulaylik tug‘dirmaydi. To‘rtburchak dizayndagi korpusi va minimalistik siferblati soatga zamonaviy va jozibali ko‘rinish beradi.
SABR qo‘l soati ish, o‘qish, kundalik hayot va sovg‘a uchun juda mos. Erkaklar va ayollar uchun universal dizaynga ega bo‘lib, har qanday kiyim uslubiga mos tushadi.

