Qizlar uchun zamonaviy va nafis dizayndagi ko‘ja ryukzak maktab uchun ajoyib tanlov hisoblanadi. Ryukzak 2 ta keng asosiy bo‘limga ega bo‘lib, darslik, daftar va boshqa o‘quv qurollarini bemalol joylashtirish imkonini beradi. Ichki qismida qalam, ruchka va mayda buyumlar uchun qulay cho‘ntaklar mavjud. Ikki yon tomonidagi cho‘ntaklar suv idishi yoki boshqa kerakli buyumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Old qismidagi bir nechta fermuarli bo‘limlar qo‘shimcha qulaylik yaratadi va ryukzakka zamonaviy hamda nafis ko‘rinish bag‘ishlaydi. Sozlanadigan yelkama tasmalari tufayli ryukzakni xohishga qarab uzun yoki kalta qilib taqish mumkin. Sifatli materialdan tayyorlangan bo‘lib, kundalik maktab foydalanishi uchun qulay va mustahkam.

