Aziz kitobxon, qo‘lingizda insoniyat taraqqiyotini buyuk ixtirolar tarixi — eng oddiy ibtidoiy qurollardan tortib zamonaviy kompyuter tarmoqlarigacha bo‘lgan davr mobaynida yoritib beruvchi noyob kitob turibdi. Gugurt qanday yonadi? Pulemyot qanday ishlaydi? Yelkanli kema shamolga qarshi qanday yura oladi? Samolyot nima uchun pastga qulab tushmaydi? Robotlar qanday ishlaydi? Chechakka qarshi vaksina qanday ta’sir ko‘rsatadi? Tovush vinil plastinkaga va magnit tasmasiga qanday yozib olinadi? Muallif yuzta maqolada izlanuvchan inson tafakkurining mashaqqatli taraqqiyot yo‘li haqida batafsil, ammo tushunarli tarzda hikoya qiladi. Ko‘plab misollar, tasvirlar va sxemalar mavzuni yanada jonli va tushunarli qilishga yordam beradi.

