"Rus tilini 2 oyda" o'quv qo'llanmasi rus tilini mustaqil yoki o'qituvchi bilan o'rganishni istaganlar uchun mo'ljallangan. Kitobda kundalik hayotda eng ko'p ishlatiladigan so'zlar, asosiy grammatika qoidalari va amaliy misollar jamlangan. Bosqichma-bosqich tuzilgan mavzular yangi boshlovchilar uchun tushunarli bo'lib, lug'at boyligini kengaytirish va grammatik bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Ta'lim, ish, sayohat va kundalik muloqot uchun rus tilini o'rganishda qulay qo'llanma hisoblanadi.

