XXI asr - insoniyat sivilizatsiyasining faol o‘zgarish davri. Hozirgi paytda tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, yaqin o‘n yilliklarda esa ular yanada sezilarli bo‘ladi. Psixoterapevt Andrey Kurpatov o‘z kitobida o‘quvchiga yaqin kelajakda bizni qanday texnologik yutuqlar kutayotgani va ular oddiy inson hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida hikoya qiladi.
Sun’iy intellekt, o‘ta kuchli kompyuterlar, tibbiyotning jadal modernizatsiyasi - bu va boshqa hodisalar allaqachon haqiqatga aylanmoqda. Ehtimol, bir necha o‘n yilliklardan so‘ng sayyoramiz sun’iy intellekt tomonidan to‘liq boshqariladigan yagona axborot maydoniga aylanishi mumkin.
Ko‘pchilik terrorizmga qarshi urushni Uchinchi jahon urushi deb atamoqda. To‘rtinchi jahon urushi esa aynan inson va texnologiyalar o‘rtasidagi jahon hukmronligi uchun kurashdan iborat. Bunday voqealar rivoji yuz berishi mumkinmi va bunga qanday tayyor turish kerak?

