Ushbu kitob keyinchalik mashhur olimlar, tadqiqotchilar va san’at arboblariga aylangan, nomlari insoniyat tarixida abadiy qoladigan yigirma nafar qiz haqida hikoya qiladi. Qaysi ayol paleontolog bolaligidayoq dunyoda birinchi bo‘lib ixtiozavr skeletini topgan? Qaysi kino yulduzlari Wi-Fi paydo bo‘lishiga hissa qo‘shgan? Qaysi tadqiqotchi bir vaqtning o‘zida ikkita Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan? Entsiklopediya dunyoni o‘zgartirgan g‘ayrioddiy qizlar haqidagi ushbu va boshqa ko‘plab savollarga javob beradi.

