Qo‘lingizdagi kitobning birinchi qismi restoran xodimlarining mehnatini tashkil etishga bag‘ishlangan. Unda ishlab chiqarish hisobini yuritish tizimini qanday yo‘lga qo‘yish, samarali inventarizatsiya o‘tkazish, tovarlarni xarid qilish va saqlash, restoranning har bir zonasi ishini tashkil etish, xodimlaringizni mehmonlar bilan to‘g‘ri muomala qilishga o‘rgatish, kuchli jamoa yaratish va boshqa ko‘plab masalalar batafsil bayon etilgan. Ushbu ishning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, har qanday muassasaning yuragi uning rahbari bo‘lib, u katta tajribaga, turli faoliyat sohalarida ulkan bilim zaxirasiga ega bo‘lishi, shuningdek, o‘z kompaniyasini qayoqqa yetaklayotganini aniq tasavvur qilishi lozim. Muallif o‘zi yozgan mavzuni yaxshi tushunadi: tavsiya etilgan qoidalar va sxemalar haqiqiy amaliyotdan olingan misollar, jadvallar va grafiklar bilan mustahkamlangan.

