Mazkur qo‘llanma o‘quvchi va talabalarda talaffuz, so‘z ishlatish, grammatik shakllardan foydalanish, imlo qoidalariga rioya qilish kabi ko‘nikma va malakalarni A1–A2 hamda B1–B2 darajalariga mos ravishda shakllantirish va takomillashtirishga yordam beradi.
🚨 Ushbu o‘quv qo‘llanmada leksik-grammatik kurs, rus tilining kelishik va fe’l tizimi yoritilgan.
Shuningdek, unda QR-kod orqali audio materiallar ham taqdim etilgan bo‘lib, ular nutqni eshitish orqali bir vaqtning o‘zida idrok etish va tushunish malakasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Qo‘llanma auditoriya mashg‘ulotlarida ham, mustaqil ishlashda ham foydalanish uchun mo‘ljallangan.

