Rulls HH60E14SS, HH3004BG va HH3004BM gaz plitalari (varkalar) — zamonaviy dizayn, ishonchli materiallar va kundalik foydalanishdagi qulaylikni oʻzida mujassam etgan. Modellar yuqori haroratga chidamli, idishlarning barqaror turishini taʼminlaydigan va uzoq xizmat qiladigan mustahkam choʻyan panjaralar (reshetka) bilan jihozlangan.
Rulls HH60E14SS — yuqori sifatli SS304 zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan, 3 ta gaz va 1 ta elektr konforkaga ega kombinatsiyalangan plitadir. Avtomatik elektr oʻt oldirish tizimi gugurt yoki zajigalkasiz, tez va xavfsiz yonishni taʼminlaydi. Panel har kungi turli taomlarni tayyorlash uchun juda mos keladi va tozalash osonligi bilan ajralib turadi.
Rulls HH3004BG — qalinligi 8 mm boʻlgan chiniqtirilgan oynadan (zakalyonnoe steklo) ishlangan, 2 ta gaz konforkali ixcham gaz plitasi. Shisha yuza yuqori haroratga chidamli, oson tozalanadi va oshxonaga zamonaviy koʻrinish beradi.
Rulls HH3004BM — 2 ta gaz konforkali hamda mexanik shikastlanishlarga, yuqori haroratga chidamli va kirlardan oson tozalanadigan mustahkam emallangan (emal) qoplamali model.
Barcha modellar issiqlikni teng taqsimlaydigan va gazni iqtisod qiladigan yuqori samarali gorelka (konforka)lar bilan jihozlangan. Ergonomik mexanik aylanma tugmalar har qanday taomni pishirish uchun olovni aniq sozlash imkonini beradi.
Asosiy afzalliklari
Modellarning farqlari


