Baxtimizga nima to‘sqinlik qiladi? "Natijalardan hech qachon qoniqmaydigan" boshliqmi? Yoki "juda kam narsa bergan" ota-onami? Balki shunchaki "omadi ko‘proq kelgan" muvaffaqiyatli do‘stimizdir? O‘z taqdirimizdan noliganimizda, aybdor izlaganimizda, o‘zgalarning baxtsizligidan zavqlanganimizda yoki qiyinchilikning ilk belgisidayoq taslim bo‘lganimizda, orzuyimizdagi hayotga yaqinlashmaymiz. Aksincha, o‘zimizga ko‘proq azob keltiramiz va maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan ijodiy energiyani to‘sib qo‘yamiz. Amaliyotchi psixoterapevt Emi Morin baxtli bo‘lish uchun o‘n uchta aniq fikrlash tarzidan voz kechish kerakligiga ishonchi komil. Bir necha yil avval u "Ruhiy jihatdan kuchli insonlar qilmaydigan 13 ish" ro‘yxatini tuzgan edi; aynan shu ro‘yxat ushbu kitobga asos bo‘lib xizmat qildi.

