Hammasi qanday boshlangan edi:
"Tovuq sho‘rva" kitobining yaratilish tarixi uni tashkil etgan kichik hikoyalardan kam ilhomlantirmaydi.
Mashhur motivatsion ma’ruzachilar Jek Kenfild va Mark Xansen o‘z chiqishlarini bir-ikkita ilhomlantiruvchi hikoya bilan "bezashni" yoqtirishardi. Treninglardan so‘ng ko‘pchilik ularga murojaat qildi: "Skaut qiz haqidagi hikoyani qayerdan topsa bo‘ladi? O‘g‘limga kitob sotib olmoqchiman!", "Yigit va kuchukcha haqidagi hikoyani biror joyda o‘qish mumkinmi?"
Kenfild va Xansen bir yil davomida o‘zlari boshidan kechirgan yoki tanishlaridan eshitgan voqealarni yozib borishdi va 101 ta hikoya to‘plangach, ularni nashriyotlarga yuborishdi. Ular 144 ta rad javobini olishdi. Shundan so‘ng Jek va Mark noshirlarni fikrini o‘zgartirish umidida kitob nashr etilishidan oldin ham xaridor topishga qaror qilishdi. Ular bu haqda tanishlari va trening tinglovchilariga, qiziqqan barchaga aytib, bo‘lajak kitobni sotib olganliklari haqida tilxat yozishni so‘rashdi.
Bunday tilxatlar soni 20 000 dan oshgach, Jek va Mark yana nashriyotlarga murojaat qilishdi. Kitob chop etildi va va’da berganlarning barchasi uni sotib oldi. Keyin esa... sotuvlar to‘xtab qoldi.

