"Chicken Soup" kitobining yaratilish tarixi uning tarkibidagi hikoyalar kabi ilhomlantiruvchidir.
Mashhur motivatsion notiqlar Jek Kenfild va Mark Xansen o‘z chiqishlarini bir nechta ta’sirli hikoyalar bilan boyitishni yoqtirishardi. Treninglardan so‘ng ko‘pchilik ularga yaqinlashib: "Boyagi skaut qiz haqidagi hikoyani qayerdan topsam bo‘ladi? O‘g‘lim uchun o‘sha kitobni sotib olgan bo‘lardim!" yoki "Haligi yigit va kuchukcha haqidagi hikoyani qayerda o‘qish mumkin?" deb so‘rashardi.

