• Ronda Bern kitoblari. Ranglar orqali tanlab olishingiz mumkin
• Oq: Kuch - 190 bet, yumshoq muqova
• Sariq: qahramon - 190 bet, yumshoq muqova
• Indigo: Sehrli kuch - 140 bet, yumshoq muqova
Senga, nima uchun Yer sayyorasida yashayotganing haqida hikoya qilmoqchiman. Shu yerda yashayapsanmi, demak, senda nimadir o'ziga xoslik bor. Sen yetti milliard odam qodir bo'lmagan biror nima qilish uchun tug'ilgansan. Taqdiringga yozilgan hayot bor, sen amalga oshirishing kerak bo'lgan sayohat bor. Bu kitob sening sayohatingga bag'ishlanadi. Bizning zamonamizda yashayotgan, muvaffaqiyatga erishgan o'n ikkita odam o'zlarining hayratlanarli sayohatlari haqida so'zlab beradilar. Ular — har birimiz, o'z buyuk orzularimizni amalga oshirishimiz uchun barcha zarur imkoniyatlarga ega bo'lib tug'ilganligimiz, ularni amalga oshirib, o'z burchimizni bajara olishimiz va olamni hech bir mubolag'asiz o'zgartirishimizga ishonadilar.
Ronda Bernning “Hayotning eng buyuk siri" va “Kuch" kitoblari hozirgi kunda o'quvchilarimiz tomonidan sevib mutolaa qilinmoqda. Qo'lingizdagi “Sehrli kuch" nomli kitob muallif dadil izlanishlarining davomi hisoblanadi.
Muallif uchinchi kitobida Sehrli kuch — Shukronalik kuchi haqida hikoya qiladi. Bizning hayotimiz va taqdirimizga Shukronalikning ta'siri va kuchini so'z bilan ifodalash qiyin. Agar siz muallif bilan 28 kunlik qiziqarli sayohatga otlansangiz, o'zingiz uchun hayotingizning ajoyib sahifalarini ochasiz. Darhaqiqat, muallif tavsiyalarini sidqidildan bajarsangiz, kim va qaerda bo'lishingizdan, hozirgi ahvolingiz qandayligidan qat'i nazar Sehrli kuch hayotingizni yaxshi tomonga o'zgartirib yuboradi.

