Kitob haqida:
Ushbu kitobda siz Shimoliy mamlakatlar - Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniya, Farer orollari, Islandiya hamda Rossiyadan kelgan erkaklarning 14 ta intervyusini topasiz. Ular ota-onalik tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar: qanday qilib farzand uchun chinakam yaqin insonga aylanish, oila va ish o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, turmush o‘rtog‘iga qanday yordam berish va uy yumushlarini taqsimlash, avvalgi munosabatlardagi bolalarni qanday tarbiyalash va aka-ukalar o‘rtasidagi nizolarni hal etish. Bu ota-onalikning qiyinchiliklari va quvonchlari, ota bo‘lish nimani anglatishi haqida samimiy suhbat.
Keng kitobxonlar ommasi uchun.

