Siz yoki farzandingiz robototexnika sohasini tez va oson o'zlashtirishni istaysizmi?
Buning uchun ko'proq nimalar kerak bo'lishini o'ylab boshingiz qotyaptimi?
Bizning do'konimiz bu borada Sizning mushkulingizni osonlashtirishimiz mumkin!
Tayyor Arduino UNO to'plamlari boshlovchilar uchun zarur bo'lgan elektron komponentlar va vositalarni o'z ichiga olgan.
"SMD" va "DIP" to'plamlari faqat asosiy tadqiqot platasi va unga o'rnatilgan mikrokontroller turi bilan farq qiladi.
Arduino UNO Standard to'plami robototexnika dunyosi bilan tanishishni istagan yangi boshlanuvchilar uchun ideal tanlovdir.
Kiritilgan komponentlar radioelektronika va maket bilan ishlashning asosiy tamoyillarini o'zlashtirishga imkon beradi.
O'tkazgichlar va maket platasi tufayli prototiplarni lehimlashga hojat qoldirmasdan osongina va tez yig'ish mumkin.
Ushbu to'plam komponentlarni alohida-alohida sinab ko'rish va kichik qurilmalarni yaratish uchun javob beradi. Unga kiritilgan elektron komponentlar Arduino qurilmalarini ishlab chiqishda keng qo'llaniladi.
To'plam haqiqiy elektron komponentlarni o'z ichiga oladi va Arduino IDE muhitida soddalashtirilgan Wiring (C++) tilida dasturlash imkoniyatini beradi.
Arduino Uno Standard to'plami - elektronika va dasturlashni o'rganish uchun eng yaxshi tanlovdir. Agar Siz ushbu platforma bilan endigina ish boshlayotgan bo'lsangiz, bu tadqiqotni boshlash uchun eng ishonchli modeldir.
Ushbu to'plam bilan Siz qo'shimcha komponentlar uchun ortiqcha pul to'lamaysiz, chunki u boshlash uchun kerak bo'lgan hamma narsani o'z ichiga oladi. Biroq, agar kerak bo'lsa, funksionallikni kengaytirish yoki muayyan loyihalarni amalga oshirish uchun har doim qo'shimcha komponentlarni yarat.uz - "O'zing yarat!" do'konimizdan sotib olishingiz mumkin. Masalan, Arduino uchun kengaytirilgan (RFID) to'plami ushbu to'plamning mantiqiy davomi va yanada takomillashtirilgan ko'rinishi hisoblanadi.

