Ey Robbim, inson Sendan o‘zga qayoqqa boradi?!
Bor!
Sen ketganlardan shikoyat qilasan - ketmaganlar bor. Aldoqchilardan shikoyat qilasan, yolg‘ondan ko‘ra haqiqat ko‘proq. Tushunmaganlarga ta’na qilasan - yuragingdagi muhabbatni biladigan bor.
Yolg‘izlikdan shikoyat qilasan - sezmasang ham, ruhingni bag‘riga bosuvchi bor. Sen odamlarning yuzlab qiyofalari borligidan, bu yuzlab qiyofalar ostida munofiqlik, hiyla-nayranglar va manfaatlar yashiringanligidan shikoyat qilasan...
Nahotki unutgan bo‘lsang?! Yuzingga kulib qaraydigan odam bor. Charchadim desang, jon do‘stim, eshitsang, "Men sen bilanman," deydigan odaming bor. Shunday bir zot borki, "Men sen bilanman," deydi, qarasang, oldingdan bir qadam ham jilmaydi!
Yumshoq muqova

