🧩 Tetris o‘yini – aqlni charxlovchi qiziqarli boshqotirma!
Ushbu o‘yin bolalarning mantiqiy fikrlashi, diqqatini jamlash va muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirish uchun yaratilgan. Zar tashlanadi va tushgan shaklga mos blok tanlanib, o‘yin maydoniga joylashtiriladi. To‘liq qator hosil bo‘lganda u yo‘qoladi va o‘yinchi ball oladi.
O‘yin bolalarni strategik o‘ylashga, oldindan rejalashtirishga va eng yaxshi joylashuvni topishga o‘rgatadi. Oila a'zolari va do‘stlar bilan birgalikda o‘ynash uchun ham juda mos.

