
Ayollar pantaloni kundalik qulaylik uchun mo‘ljallangan yumshoq va elastik ichki kiyimdir.
Paxtali, nafas oluvchi matosi tanaga yoqimli tegadi va yaxshi cho‘ziladi. Elastikligi tufayli gavdaga moslashib, harakat vaqtida noqulaylik tug‘dirmaydi.
Pantalon ayniqsa sonlari bir-biriga tegib yuradigan ayollar uchun qulay: sonlar orasidagi ishqalanish va terining qizarishini kamaytirishga yordam beradi.
Uzun ko‘ylak, yubka va boshqa keng kiyimlar ostidan kiyish uchun mos. Kundalik yurish, uyda, sayohatda va faol harakat vaqtida foydalanish mumkin.
• Yumshoq paxtali mato
• Juda elastik va yaxshi cho‘ziladi
• Nafas oluvchi material
• Sonlar orasidagi ishqalanishni kamaytirishga yordam beradi
• Harakatni cheklamaydi
• Uzun ko‘ylak va yubka ostidan kiyishga qulay
• FREESIZE
• Mahsulot uzunligi — 54 sm
• Bel aylanasi — 80 sm
• Bir dona son/oyoq qismi aylanasi — 55 sm
Ledi Zari — kun davomida erkin harakat va qulaylik uchun.

